Yana bir o‘zbek bokschisining navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 9 avgust, 2020, 18:36
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning engil vazn toifasida (61,235 kg)  WBA Asia kamari sobiq sohibi hamyurtimiz Ravshanbek Umurzoqov (10-1,7 KO) yana ringga qaytmoqda. Bokschimizning saytimizga ma’lum qilishiga ko‘ra, 25 sentyabr kuni u navbatdagi jangini o‘tkazadi. Ushbu to‘qnashuv 8-raunddan iborat bo‘lib, Rossiya yoki Belarusda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Raqibga ham tez orada aniqlik kiritiladi. 

Tecno

Ma’lumot uchun, yurtdoshimiz so‘nggi jangini venesuelalik Esneyker Korreaga qarshi o‘tkazib, kutilmaganda imkoniyatni boy berib qo‘ygan va WBA chempionlik kamarini ham qo‘ldan chiqargan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!