Yana bir jamoa Superligada qolish missiyasini uddaladi

  • 7 noyabr, 2022, 18:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 25-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda. Biroz avval "Surxon" jamoasi Samarqandning "Dinamo" klubiga 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

Bilasiz, "Surxon", "Qo‘qon-1912" hamda "Lokomotiv" o‘rtasida Superligada qolish uchun kurash davom etayotgandi. "Uchar tulporlar"ning raqibi "Qo‘qon-1912" bu turda "Bunyodkor"ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Shuningdek, "Lokomotiv" "So‘g‘diyona" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. 

So‘nggi tur olidan 12-o‘rinda borayotgan "Qo‘qon-1912" va 11-pog‘onani band etib turgan "Surxon" o‘rtasidagi tavofut 4 ochkoni tashkil etadi. Shu tariqa, Migel Alvares shogirdlari Superligada qolish missiyasini uddaladi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!