
Yana bir futbolchimiz Shomurodov ortidan Mourino oldiga borishga tayyor!
Hozircha kuchli beshlik chempionatlarida o‘zbek futbolining yagona vakili Eldor Shomurodov bor. Ikki yildan beri A Seriyada to‘p tepayotgan hujumchimiz Evropaning eng kuchli ligalaridan birida gol ura olgan yagona o‘zbek futbolchi hisoblanadi.
O‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilari orasida Shomurodov ortidan Evropaning eng kuchli chempionatlarini zabt etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan va bu yo‘ldagi harakatlarini boshlab yuborgan charm to‘p ustalari ham bor.
Ulardan biri hujumkor futbolchi Hojimat Erkinovdir.
Erkinov ayni paytda Rossiya premer-ligasi vakili “Torpedo” jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Garchi moskvaliklarni chempionatda ishi yurishmayotgan bo‘lsada, legionerimixz o‘z o‘yini bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozonib ulgurdi.
Rossiya futbolini yortishga katta e’tibor berib kelayotgan https://matchtv.ru sayti jurnalisti Aleksey Hojmat Erkinov bilan kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.
- Xuddi Eldor Shomurodovdek A Seriyada kuchingni sinab ko‘rishni istaysanmi?
- Albatta, buni istayman. Kim ham Italiya, Angliya, Ispaniyada o‘ynashni xohlamaydi? Men ham shu erlarga borishga harakat qilaman.
- Senga Shomurodov kabi Joze Mourino bilan ishlash yoqadimi yoki Aleksey Miranchuk kabi Jan Pero Gasperini qo‘l ostida shug‘ullanishmi?
- Mourino bilan ishlashni istayman.
- Nega aynan u bilan?
- Yosh bolaligimdan uning ishlashini tomosha qilib kelaman. U juda ko‘p klublarda ishlagan. Joze bilan ishlash qiziq bo‘ladi.
- Mourino boshqargan jamoalardan qaysi biriga muxlislik qilgansan?
- “Real”ga.
- O‘shanda, Mourino top darajadagi murabbiy edimi?
- Juda top darajada bo‘lmasa ham, yaxshi saviyada edi.
Ta’kidlash joizki, 21 yoshli Hojimat Erkinov “Paxtakor” futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Katta futboldagi faoliyatining dastlabki yillarini ijara asosida “Qo‘qon-1912” va AGMK klublarida o‘tkazgan.
Keyinchalik “Paxtakor”ning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylandi. Uning o‘yinlari Rossiya premer-ligasi klublari e’tiboriga tushdi. Iste’dodli futbolchimiz shu yilning iyul oyida “Torpedo” safiga ko‘chib o‘tib, poytaxtliklar bilan 2025 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma imzoladi.
Hojimat Erkinov asosan chap qanot hujumkor futbolchisi pozitsiyasida o‘ynaydi. Bundan tashqari, o‘ng qanotda ham to‘p tepa oladi.
Iste’dodli futbolchimiz ikki yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasiga jalb etib kelinyapti. Hozirgacha mamlakatimiz bosh jamoasida 13 marta maydonga tushgan Erkinov o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets Hojimat Erkinovni Rossiya terma jamoasi bilan 20 noyabrda Toshkentda bo‘ladigan xalqaro o‘rtoq uchrashuviga chaqirtirgan.
Shomurodov o‘zi uchun muhim uchrashuvda o‘ynaydi!
Shomurodov “Inter” yoki “Yuventus”ga o‘tishi kerak!
Mourino “Roma” hujumchilarini keskin tanqid qildi, endi Shomurodovga o‘yin berish kerakdir?
Legionerimizning goli rekord o‘rnatdi, medalni naqd qildi va chempionlik imkoniyatini saqlab qoldi!
Legioner hujumchimizning kelajagi mavhum bo‘lib qoldi!
Fikrlar