
Yan Zommer “Bavariya”ga o‘tmaydigan bo‘ldi
“Bavariya” Manuel Noyer o‘rniga darvozabon sotib olishga harakat qilmoqda. Klub ushbu pozitsiyaga asosiy nomzod sifatida “Borussiya” Myonxengladbax futbolchisi Yan Zommerni ko‘rmoqda. Ammo darvozabonni qo‘lga qiritish imkoni yo‘qolgan bo‘lishi mumkin.
Gap shundaki, nemis klubining sport direktori ushbu transfer haqidagi xabarlarga reaktsiya bildirdi.
“Yanvarda biz Zommerni sotmaymiz va buni “Bavariya”ga ham aytganmiz”, - dedi Roland Virkus.
Myunxenliklar 34 yoshli posbonni o‘z tarkibiga qo‘shib ololmagach, “Monako”da ijarada bo‘lib turgan Aleks Nyubelni orqaga qaytarishga harakat qiladi
Fikrlar