Yaman ustozi: Ertaga Eldor Shomurodovga qarshi alohida reja tuzamiz

  • 9 oktabr, 2019, 16:59
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Yaman uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Bugun ushbu bahs oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda mehmonlar ustozi Sami Hasan Al Nash o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

Ertangi bellashuv juda muhim. O‘zbekiston terma jamoasi muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi. Yaxshi o‘yin ko‘rsatishga intilamiz huddi avvalgi 2 ta turdagi kabi.

Hozirgi kunda tarkibimiz aralash. Yoshlar ham, kattalar ham bor. Ertaga siz aralash tarkibni ko‘rishingiz mumkin.

O‘zbekiston terma jamoa hali ham Osiyoning etakchi jamoasi. To‘g‘ri, oxirgi paytda natijasi pasaygan bo‘lishi mumkin. Lekin biz uchun O‘zbekiston hali ham etakchi jamoa.

Ertangi uchrashuvda 2 jamoaning imkoniyati bir xil. Guruhimizda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni favorit. Lekin bizning imkoniyatimiz ham yomon emas. Uyda 3 ta o‘yin o‘tkazamiz. Shularda g‘alaba qozonib imkoniyatimizni yaxshilashga urinamiz.

Siyosiy nizo sabab biz Saudiya Arabistonida o‘yinlar o‘tkazyapmiz. U erda biz o‘zimizni huddi o‘z uyinizdek his qilyapmiz.

O‘zbekistonda bir necha kuchli futbolchilar bor. Texnik va taktik jihatdan kuchli. Eldor Shomurodov ancha kuchli. Biz ertangi uchrashuvda unga qarshi taktik choralar ko‘rishga harakat qilamiz va unga alohida reja tuzamiz, - dedi murabbiy. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Murod Panjiev
09/10/2019 19:19
сурхандарёлик футболчилар жиртади
Komol Omon
09/10/2019 23:41
Бизада 1-кишимас бошкалаям бор жаноб
&
Surxon turon
09/10/2019 18:05
Кӯрамиз жа катта гапирип қӯйиптию жаноб