Yamal: "Yil davomi eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchi "Oltin to‘p"ni yutishi kerak"

  • 3 iyun, 15:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lamin Yamal "Oltin to‘p" sovrindorini qanday mezonlar asosida tanlashini kerakligini aytdi. Eslatib o‘tamiz, 5 iyun payshanba kuni Yamal Ispaniya terma jamoasi safida Millatlar Ligasi yarim finalida Frantsiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Tecno

17 yoshli futbolchi jurnalist Xuanma Kastano bilan suhbatda bo‘lib, unga mavsumning eng yaxshi futbolchisini qanday tanlashi haqida savol berdi:

— Agar sen "Oltin to‘p" uchun ovoz bera olsang, kimga ovoz bergan bo‘larding? Yilning eng yaxshi futbolchisiga, yoki payshanba kungi o‘yinda g‘alaba qozongan futbolchigami?

— Ammo payshanba kungi o‘yin juda muhim.

— Ha, lekin bu mukofot butun yil davomida eng yaxshi bo‘lgan futbolchiga beriladi.

— Ammo payshanba ham yilning bir qismi-ku.

— Har kimning o‘z fikri bor. Umid qilamanki, payshanba kuni biz g‘alaba qozonamiz. Lekin yutamizmi yoki yo‘qmi, men baribir yil davomida eng yaxshi o‘yin ko‘rsatgan futbolchiga ovoz berar edim. Chunki payshanba kuni hammasi men xohlagandek bo‘lmasa, yoki Dembelening istagidek chiqmasa, nima bo‘ladi? Yakshanba kuni o‘ynaydigan boshqa kimnidir tanlaymizmi?

Men yil yakunlariga qarab ovoz beradiganlardanman. Lekin kimdir hammasini bitta o‘yinga bog‘lamoqchi bo‘lsa... mayli, unda o‘sha o‘yinni o‘ynaylik, — dedi Lamin Yamal.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!