
Yamal yana “Real”ga yoqmayligan gap aytdi
“Barselona”ning 17 yoshli yulduzi Lamin Yamal Ispaniya 35-turida “Real” jamoasi ustidan qozonilgan 4:3 hisobidagi g‘alabaga munosabat bildirdi.
- Bu juda muhim o‘yin va o‘ta ahamiyatli ustunlik. Lekin biz raqibga gol urish imkoniyatini bergan vaziyatlarimizni tahlil qilib chiqishimiz kerak.
“Real” uchta gol urdi, lekin ular golga yarasha o‘yin ko‘rsatgani yo‘q, to‘plar o‘z aybimiz bilan darvozamizdan joy oldi.
Shunga qaramay, biz yutdik, xursandmiz, baxtiyormiz. Bu g‘alabadan keyin “Inter” to‘sig‘idan o‘tolmaganimiz unutilib ketadi. Men onamga Chempionlar ligasi har yili bo‘lishini va unda g‘olib chiqmagunimizga to‘xtamasligimni aytdim. “Real” ustidan qozonilgan g‘alaba esa, La Ligada zafar quchish uchun juda muhim qadam bo‘ldi.
“Barselona” hayotim mazmuniga aylangan klub. “El klasiko”da o‘ynash va gol urish ajoyib hissiyostlarni taqdim qiladi, - dedi Lamin Yamal.
Fikrlar