Yamal va Pedri “Barsa”dan Levandovskini yo‘qotishni talab qilyapti

  • 25 fevral, 11:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ning yosh o‘yinchilari Pedri va Lamin Yamal jamoadagi mavqeidan foydalanib, klub rahbariyatidan Robert Levandovski o‘rniga boshqa hujumchi olib kelishni talab qilmoqda.

Tecno

El Nacional nashrining yozishicha, yoshlar oldingi chiziqda serharakat, baquvvat, hujum uyushtirishdan tashqari ortga qaytib o‘ynaydigan hujumchi kerakligini ta’kidlamoqda. Pedri va Yamal yangi hujumchi jamoaviy himoyalanishda, raqibni pressing qilishda faol o‘ynay olishi, maydon bo‘ylab keng harakat qilishi  muhim, deb hisoblamoqda.

36 yoshli Robert Levandovski asosan jarima maydonchasi ichida yoki atrofida o‘ynaydi. Yoshi va jismoniy holati unga 90 daqiqa davomida tinimsiz kurashish imkoniyatini bermaydi.

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” rahbariyati aslida anchadan beri hujum chizig‘ini yangilashni rejalashtirayotgan ekan. Kataloniyaliklar “Yuventus” vakili Dushan Vlaxovich hamja “Nyukasl” yulduzi Aleksader Isaakni nishonga olgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!