Yamal qachon safga qaytadi?

  • 23 sentabr, 20:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal sentyabr o‘rtalarida olgan jarohatidan asta-sekin sog‘aymoqda.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, 18 yoshli futbolchi to‘p bilan mashg‘ulot o‘tkazishni boshlagan va jarohatdan tuzalish jarayoni tezlashmoqda. Yamal Laliganing 6-turidan o‘rin olgan "Real Ovedo"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi. Biroq 28 sentyabr kungi "Real Sosedad"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilyapti. Jamoaning asosiy maqsadi Yamalni Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turida PSJga qarshi o‘yinga tayyor bo‘lishini ta’minlash hisoblanadi. 

Ma’lumot uchun, Yamal 22 sentyabrda bo‘lib o‘tgan "Oltin to‘p" marosimida mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb tan olindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!