Yamal Messi va Ronaldu darajasiga chiqishi mumkin
Ispaniya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente "Barselona" vingeri Lamin Yamal haqida gapirdi.
"Uning nimalarga qodir ekanini barchamiz juda yaxshi bilamiz. U nimalarga erishishi mumkin ekanini taxmin qilishimiz biroz murakkab, buning barchasi uning o‘ziga bog‘liq. Yamal buyuklikka erishishi mumkin ammo ancha uzoq yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Hatto Ronaldu va Messi kabi tarixiy futbolchiga aylanishi ham mumkin. Muhimi o‘sishdan to‘xtab qolmasligi darkor", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, Yamal joriy mavsumda "Barselona" safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Fikrlar