
Yamal Mbappeni “taxtdan” ag‘dardi
Evropa Chempionlar ligasi yarim finali birinchi uchrashuvida “Barselona” o‘z maydonida Italiya chempioni “Inter” bilan 3:3 hisobida durang o‘ynadi.
Gollardan biri kataloniyaliklarning yosh yulduzi Lamin Yamal hisobiga yozildi. Bu gol yangi rekord sifatida qayd etildi.
Lamin Yamal Chempionlar Ligasi yarim final bosqichida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Shu kuni u 17 yosh-u, 291 kunlik edi.
Avvalgi rekord hozir “Peal”da to‘p tepayotgan Kilin Mbappega tegishli bo‘lgan. Frantsiyalik futbolchi PSJda o‘ynab yurgan kezlari, ya’ni 2017 yili Frantsiya chempionlari safida Evropa Chempionlar ligasi yarim finalida gol urgan.
O‘shanda 18 yoshts, 140 kunlik bo‘lgan Mbappe bu bosqichda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ygan eng yosh o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatgan edi. Mana endi o‘sha rekordni ispan futbolchisi yo‘qqa chiqardi.
Fikrlar