Yamal maxsus dastur asosida mashg‘ulotlar boshladi
O‘tgan hafta davomida "Barselona" qanot hujumchisi Lamin Yamal o‘zi uchun ishlab chiqilgan dastur asosida mashg‘ulot o‘tkazadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 18 yoshli futbolchi qovuq sohasidan jarohat olgani ma’lum bo‘lgandi. Yamal 26 oktyabr kuni La Liga doirasida "Real"ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) o‘zini noqulay his qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" vingeri "qaymoqranglilar"ga qarshi o‘yindagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng yana o‘zining eng yaxshi o‘yinini namoyish etmoqchi. Yamal buni Ispaniya chempionatining 2 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan "Elche"ga qarshi o‘yinida amalga oshirmoqchi.



Fikrlar