Yamal La Liganing eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘ldi

  • 29 may, 2024, 02:56
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik yosh iqtidor Lamin Yamal La Ligada mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.

Tecno

"Barselona"ning 16 yoshli vingeri joriy mavsum La Ligada 37ta uchrashuvda maydonga tushib, 5ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

2023/24 yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchi mukofotiga nomzodlar qatorida Pau Kubarsi ("Barselona"), Rodrigo ("Real"), Niko Uilyams ("Atletik"), Ian Kouto, Savio Moreyra, Migel Gutierres (barchasi "Jirona"dan), Xavi Gerra («Valensiya»), Jonni Kardozo ("Betis") va Takefusa Kubo (“Real Soedad”) kabilarni ko‘rishimiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!