Yamal haqidagi bu xabarlar yolg‘on!

  • 22 may, 22:23
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tez orada Lamin Yamal “Barselona” bilan yangi bitim imzolashi kutilmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi.

Tecno

Kataloniyaliklar jamoa yulduzining 18 yoshgacha to‘lishini kutmoqda.

Bu orada ispan matbuoti Lamin Yamal klubda hammadan ko‘p maosh olishni istayotgani haqida ma’lumotlar tarqatildi. “Barselona” sport direktori Deku bu masalaga oydinlik kiritdi.

- Lamin Yamal klubda eng katta maosh oladigan o‘yinchi bo‘lishi haqida gapirmagan. Bu gaplarning bari yolg‘on. U klubda shunchaki o‘zini baxtiyor his qilishni xohlaydi. Aynan mana shu gapni agentlariga ham, bizga ham aytib keladi, - dedi Deku.

Yamal hozir har mavsum uchun 420 ming evro miqdorida maosh olyapti. Nufuzli manbalarning aniqlik kiritishicha, yangi bitim tuzilganidan keyin yosh iqtidor egasi har yili 8 million evro miqdorida maosh ola boshlaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!