
Yamal "Barselona"dan ketmoqchi bo‘lgan. Nega?
"Barselona"ning sobiq bosh murabbiyi Xavi, 15 yoshli hujumchi Lamin Yamalni Kataloniya klubida qolishga ko‘ndirgan edi.
O‘sha paytda PSJ "Blaugrana" futbolchisiga taklif bergan. "Barselona" esa Yamalning ketib qolishidan xavotirda edi.
Shaxsiy suhbat davomida Xavi Yamalga unda boshlang‘ich tarkib o‘yinchisini ko‘rayotganini, buning uchun jamoada qolishi kerakligini aytdi.
Ikkala tomon ham va’dasining ustidan chiqdi. 2023 yil aprel oyida Lamin "Barselona" safida debyut qildi va 16 yoshida u bilan birinchi professional shartnoma imzolandi.
Fikrlar