
Yamal "Barselona"da Niko bilan birga o‘ynamoqchi
Ayni damda Ispaniya terma jamoasi takribida "Evro-2024" turnirida ishtirok etayotgan "Barselona" klubi yarim himoyachisi Lamin Yamal Niko Uilyamsning jamoaga olib kelinishi haqida gapirdi.
"Biz u bilan terma jamoa bazasida tezda til topisha oldik. U bilan tandemda ajoyib o‘yinlar namoyish etyapmiz. Bir-birimizni tushunish qiyin bo‘lmadi. Uning texnikasi, driblingi va tezligi uncha-muncha himoyachilarni shoshiltirib qo‘yadi.
Uning "Barselona"ga kelishi haqida gapiradigan bo‘lsam, men qarshi emasman. U bilan birga bitta jamoada o‘ynash bu shunchaki ajoyib. O‘ylaymanki, u "Barselona"ga yordam bera oladi", - dedi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, ayni kunlarda "Barselona" "Atletik" vingerini nishonga olgani ma’lum bo‘lgandi.
Fikrlar