
Yamal 14 yoshidayoq “Bavariya”ga o‘tishi mumkin edi. Biroq…
"Bavariya" ikki yil avval Lamin Yamalga qiziqqan edi.
Sky Sport xabariga ko‘ra, Myunxen klubi "Barselona" vingeri Lamin Yamalga 14 yoshidayoq e’tibor qaratgan. "Bavariya"ning sobiq rahbarlari Hasan Salihamidjich va Marko Neppe uni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi bo‘lishgan. Ular Laminning "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadigan darajada talantli deb hisoblashgan. Hatto, uning iqtidorini Jamol Musialadan ham ustun ko‘rishgan.
2022 yilda Myunxenliklarning sobiq direktori Neppe Yamalning o‘sha paytdagi agenti Ivan de la Pena bilan uchrashgandi. Biroq transfer amalga oshmadi, chunki Lamin Yamalning o‘zi “Barselona”ni tark etish uchun hech qanday sabab ko‘rmagan.
Fikrlar