
Yamal 10-raqamni olgani haqida gapirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi qanot hujumchisi Lamin Yamal jamoada 10-raqamni olgani haqida fikr bildirdi.
— "Orqamda 10-raqam bo‘lishi tufayli bosim sezamanmi? Men darvozaga zarba berayotganimda, qaysi raqam ostida o‘ynayotganim haqida o‘ylamayman," — deya 17 yoshli futbolchining so‘zlarini keltirdi Sport.es nashri.
Kelasi mavsumda Lamin Yamal 10-raqam ostida harakat qiladi. Bungacha u 19-raqamda o‘ynagan edi.
O‘tgan mavsumda Yamal "ko‘k-anorranglilar" safida 55 ta o‘yinda maydonga tushdi. Ispaniyalik futbolchi 18 ta gol urdi va 25 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning bozor bahosi 180 million evroga teng.
Fikrlar