
Yakvinta: Xabib barcha raqiblarini bir xil engadi, Getjini ham
"Getji meni hayron qoldirdi. Fergyuson esa unga qarshi jangda o‘ziga o‘xshamadi. Albatta, Jastinning ushbu natijasi bosqichma-bosqich qilingan mehnat samarasi.
Xabib va Getjining jangi intrigaga boy bo‘ladi. Ikkisining ham kuchli jihatlari bor. Jastin tik holatda, Xabib esa parterda yaxshi jang qiladi. Lekin men Nurmagomedov g‘alaba qozonishiga ishonaman. U barcha raqiblarini parterga olib tushadi, bu esa ular uchun mag‘lubiyat demakdir", deydi El.
Eslatib o‘tamiz, Yakvinta 2018 yilda Xabib Nurmagomedovga qarshi jangda hakamlarning yakuniy qarorlari evaziga ochkolar hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar