Xyoysen, Pacho va Ernandes necha o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi?

  • 8 iyul, 17:32
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/4 finalidan so‘ng futbolchilar olgan qizil kartochkalar yuzasidan rasmiy qarorini e’lon qildi.

Tecno

PSJ himoyachilari Vilyan Pacho va Lyuka Ernandes ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. FIFA ularning "Bavariya"ga qarshi o‘yindagi qoidabuzarliklarini "qo‘pol va jiddiy" deb baholadi. Bu esa ular yarim finalda "Real"ga qarshi 9 iyul kunigi uchrashuvni hamda agar parijliklar finalga chiqsa, hal qiluvchi bahsni ham o‘tkazib yuborishlarini anglatadi.

Shu bilan birga, "Real" himoyachisi Din Xyoysen faqat bir o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Demak, u yarim finalni o‘tkazib yuborgan taqdirda, jamoa finalga chiqsa, hal qiluvchi uchrashuvda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!