
Xvichaning otasi o‘g‘lining hamon "Real"da o‘ynash istagi borligini aytdi
"Napoli" futbolchisi Xvicha Kvaratsxeliyaning otasi Badri Kvaratsxeliya o‘g‘lining qaysi jamoada o‘ynash istagi borligi haqida gapirib o‘tdi.
"Real"ga qarshi bahs o‘g‘lim uchun boshqacha bo‘ldi. U doim shu jamoada o‘ynashni orzu qilgan va hali ham unda shunday istak bor.
Oilamizda hamma "qirollik klubi"ga muxlislik qilib keladi. Faqatgina mendan tashqari (kuladi). Shuning uchun, bu uchrashuv oilamiz uchun o‘zgacha tarzda o‘tdi", - dedi Kvaratsxeliyalar oilasining kattasi.
Eslatib o‘tamiz, shiddatli tarzda o‘tgan "Real" - "Napoli" uchrashuvi 4:2 hisobida Madrid jamoasining g‘alabasi bilan yakun topdi.
Fikrlar