Xvicha PSJ bilan kelishib oldi(mi?)

  • 25 iyun, 2024, 06:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Napoli" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya PSJ bilan shartnoma shartlari bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.

Tecno

Manbaning bergan xabariga ko‘ra, tomonlar besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishib olgan, unga ko‘ra futbolchi 7.5 million evro maosh oladi. Qayd etilishicha, neapolliklar futbolchini qo‘yib yuborishni istamayapti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gruziyalik futbolchining manfaatlarini himoya qiluvchi Mamuka Jugeli o‘z mijozi Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tish uchun "Napoli"ni tark etish istagini bildirgan edi. Jugeli shuningdek, Xvichaga PSJdan taklif borligini aytdi. Kvaratsxeliyaning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Kvaratsxeliya "Napoli"da 2022 yildan beri o‘ynab kelmoqda. 2022/23 yilgi mavsumda u jamoa bilan Italiya chempioni bo‘ldi. Shuningdek, A Seriyaning eng qimmat futbolchisi va Chempionlar ligasining eng yosh futbolchisi sifatida e’tirof etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!