
Xux-Xoto Gran-prisida koreyalik dzyudochilar birinchi bo‘lishdi
Xitoyning Xux-Xoto shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi yirik musobaqa o‘z yakuniga etdi. Tokio Olimpiadasi uchun qimmatliy reyting ochkolarini taqdim etadigan mazkur turnirda dunyoning 43 mamlakatidan 300 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.
Musobaqada sportchilar qatori umumjamoa hisobida medallar jamg‘ir bo‘yicha ham qizg‘in kurash kechdi. Unga ko‘ra Janubiy Koreya terma jamoasi 4 ta oltin va 2 ta bronza medali bilan bu borada birinchi o‘rinni qayd etdi. Yaponiya termasi esa 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini jamg‘arib ikkinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, shimolik koreyaliklar 2 ta oltin medal bilan kuchli uchlikni yakunlab berishdi.
Shuning bilan Xalqaro dzyudo federatsiya taqvimidan o‘rin olgan bellashuvlarda qisqa ta’til yuz bermoqda. XDF turidan o‘rin olgan keyingi turnir 5-7 iyul kunlari Kanadaning Monreal shahrida o‘tkaziladi. Yana bir ahamiyatli jihati ushbu musobaqadan boshlab kelasi bir yil davomida kechadigan litsenion bellashuvlardagi ochkolar 100 foiz hisoblanadi. Misol uchun, Gran-pri g‘olibi aslida 700 ochko qo‘lga kiritsa, shu paytgacha kechgan litsenzion turnirlarda teng yarmi, 350 ochko yozilgan.
Fikrlar