
Xushxabar! Istomin "Australian Open"da qatnashadi!
O‘zbekistonning birinchi tartib raqamli raketka ustasi Denis Istomin "Australian Open" turnirida ishtirok etishni rejalashtirmoqda.
O‘zbekiston tennis federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yurtdoshimiz turnirni saralash bosqichidan boshlaydi. Kvalifikatsiya bahslari 10 yanvar kuni start oladi. Hozirda tennischimiz bo‘lajak musobaqaga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda.
Ta’kidlash joiz, tarixda ilk bor saralash bahslari Avstraliyadan tashqarida o‘tkaziladi. Reglamentga ko‘ra, erkaklar o‘rtasidagi kvalifikatsiya Doxada, ayollarniki esa Dubayda o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Musobaqaning asosiy davra bahslari 8 fevral kuni an’anaviy tarzda Melburn shahrida start oladi.
Fikrlar