
Xuanfran "San-Paulu"ni tanladi. Dani Alves allaqachon ushbu klubda
"Atletiko"ning sobiq ximoyachisi Xuanfran Braziliyaning "San-Paulu" klubida faoliyatini davom ettiradigan bo‘ldi.
34 yoshli ximoyachi braziliyaliklar bilan yarim yilga shartnoma tuzadigan bo‘lmoqda.
Oldinroq, "San-Paulu" Dani Alves bilan shartnoma imzolagani ma’lum qilingan edi.
Xuanfran "Atletiko"dagi 8 yillik faoliyatidan so‘ng, ushbu yozda erkin agentga aylanib, madridliklarni tark etgan edi.
Manba: Cadena SER
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik ximoyachiga MLS klublari ham qiziqayotgan edi.
Fikrlar