
Xuan Mata faoliyatini Osiyo klubida davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Xuan Mata faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin.
The Telegraph nashri tarqatgan xabarga qaraganda, saudiyaliklar 32 yoshli ispaniyalik futbolchiga yiliga 15 million dollar maosh to‘lashga tayyor. Mata hozircha ushbu taklifga javob qaytargani yo‘q. U ushbu taklifni o‘ylamoqda.
Mataning MYu bilan amaldagi shartnomasi shu yoz o‘z nihoyasiga etadi. “Qizil iblislar” katta ehtimol bilan ushbu kelishuvni uzaytirmaydi.
Xuan Mata joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida jami 13 ta o‘yinda maydonga tushdi. U ushbu uchrashuvlarda o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar