
Xrgovich faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi!
Ar-Riyodda katta boks oqshomi davom etmoqda. Kechaning asosiy kardidan o‘rin olgan jangda og‘ir vazn toifasi vakillari Filipp Xrgovich va Daniel Dyubua ringga ko‘tarildi.
12 raundga mo‘ljallangan jang 8-raundda yakuniga etdi. Sababi, Xrgovichning ketma-ket zarba qabul qilayotganini ko‘rgan referi jangni to‘xtatishga qaror qildi.
Qayd etish kerakki, Dyubua ushbu g‘alabasi orqali og‘ir vazn toifasida IBA vaqtinchalik chempion kamarini qo‘lga kiritdi. Xrgovich esa, faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni shunday holatda qabul qilib oldi.
Fikrlar