
Xose Benavides: “Mening o‘g‘lim Terens Krouford uchun juda yiriklik qiladi”
WBC yo‘nalishi bo‘yicha yarim og‘ir vazn (79,4 kg) chempioni Devid Benavidesning otasi va murabbiyi — Xose Benavides o‘g‘li va Terens Krouford o‘rtasidagi ehtimoliy jangi haqida gapirdi.
"Devid Krouford uchun juda yiriklik qiladi. Tez orada Terens 38 yoshga to‘ladi, u endi avvalgidek harakatlana olmaydi, xuddi "Kanelo" singari. Devid esa yosh, kuchli va Krouford uchun juda katta raqib", — dedi Xose You Tube dagi "MillCity Boxing" kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, 14 sentyabr kuni Krouford hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Saul Alvaresni mag‘lub etib, mutlaq jahon chempioniga aylandi.
Fikrlar