Xorxe Messi: O‘g‘lim bu erda qolmaydi!

  • 3 sentabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” etakchisi Lionel Messining otasi Xorxe va klub prezidenti Jozep Bartomeu o‘rtasidagi uchrashuvda tomonlar bir qarorga kela olmadi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Bartomeu futbolchining otasi bilan Leoning ketishini muhokama qilishni istamagan. Aksincha, klub Messining jamoada qolib, tezroq mashg‘ulotlaga qo‘shilishini talab qilgan.

O‘z navbatida, Xorxe Messi Bartomeudan o‘g‘lini boshqa jamoaga erkin agent sifatida qo‘yib yuborishni so‘ragan.  Xullas tomonlar kelisha olmadi.

Xorxe Messining jurnalistlarning savollariga javobi qisqa va aniq bo‘ldi:

- O‘g‘lim bu erda qolmaydi!, - dedi Messining otasi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!