
Xorvatiya so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
"Evro-2024" saralashining 1-turidan o‘rin olgan Xorvatiya - Uels uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur matchda jamoalar durangga imzo chekdi.
Dastlab, 28-daqiqada Kramarich hisobni ochdi. Bahsga qo‘shib berilgan daqiqalarda Brodxed mezbonlar darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Shu tariqa, tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olib, guruhda Uels 2-o‘rin, Xorvatiya esa 3-pog‘onadan joy oldi.
Fikrlar