Xorijlik yana bir futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin. Buni Vadim Abramov ham xohlaydi

  • 29 yanvar, 2021, 10:10
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

"Paxtakor" klubi a’zosi Dragan Cheran O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin. Serbiyalik futbolchi yurtimizga 2016 yilning yozida kelgandi.

Tecno

2016-2018 yillar "Nasaf"da to‘p tepgan Cheran 2018 yilning yozidan hozirgi kunga qadar "Paxtakor"da faoliyatini davom ettirmoqda. Shu yili yozda Draganning O‘zbekistonda o‘ynayotganiga 5 yil bo‘ladi. Bu esa, FIFA qoidalariga mos keladi, ya’ni legioner boshqa mamlakatda kamida 5 yil yashagan bo‘lishi lozim.

Vadim Abramov 2019 yili milliy terma jamoada Igor Golban va Dragan Cheranni ko‘rishni istashini aytib o‘tgandi. O‘tgan yili Golban O‘zbekiston fuqaroligini oldi va terma jamoada o‘ynashni boshladi.

Abramov rossiyalik futbolchini terma jamoaga jalb etdi

23

Agarda Dragan Cheran ham istasa, O‘zbekiston milliy terma jamoasida o‘ynashi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, u paytga kelib Draganning yoshi 34 da bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Dilmurod Rustamov
11/04/2021 19:24
Soxtakor shu ketishda boʻlsa UZ Termajamosini barcha azosi xorij futbolchisidan biladi