Xorijlik muxlislar Bektemir Meliqo‘zievning kim bilan jang qilishini xohlamoqda?

  • 10 avgust, 2020, 23:47
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik muxlislar va mutaxassislar Bektemir Meliqo‘zievni professional boks olamidagi kashfiyotlar Edgar Berlanj ( 14-0, 14 KO) va 3 ta jang bilan vaqtinchalik WBA jahon chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan David Morrell, Jon Rayder kabi bokschilar bilan taqqoslagan holda, ularning imkoniyatlari haqida so‘z yuritmoqdalar. Aksariyati Bektemirning salohiyatini yuqori baholab, ularni qiyinchiliksiz mag‘lub etishiga ishonmoqda.  Xususan, Tvitterdagi mana shunday postlardan birida Jrosales 13  nomli foydalanuvchi tomonidan: “Bek the Bully-Morrel kim g‘olib bo‘lardi?”- deya  izoh qoldirildi. Bunga javoban bir qator fikr va mulohazalar bildirildi.

Tecno

Jumladan, “Golden Boy” promouterlik kompaniyasining janglar tashkil qiluvchi mas’ul xodimi Roberto Dias quyidagicha javob bergan:

- Bu borada shubhaga hojat yo‘q. Albatta Bek! Bek jiddiy raqiblarga qarshi ringga chiqqanida bunga guvoh bo‘lasiz. Masalan, Bek va Jon Rayder, yana nimadir deysizmi?  "Toj kiydirilmagan" chempion. - deya izoh qoldirgan.

Anchagina tajribali bo‘lgan britaniyalik Jon Rayder oxirgi jangini WBA Super chempioni Kallum Smitga qarshi o‘tkazgan va ustunlikka erishgan bo‘lsa-da, g‘alaba Smitga taqdim etilgandi. Ammo ko‘p sonli muxlislar Rayder Kallumni mag‘lub etganligini e’tirof etgan va bu fikr ularda saqlanib qolgandi. Shuning uchun, uni "Toj kiydirilmagan" chempion, deya e’tirof etishadi.

Biroq Bektemir va Rayder qarama-qarshiligida muxlislar auditoriyasi yurtdoshimizning g‘alabasiga ishonmoqdalar.  

- Danibo Gizmo: Rayderni safdan chiqarmoqchi emasman. Agar, Bek uni mag‘lub eta olsa, Bekni Morrell yoki Berlanj kabi bokschilar bilan taqqoslashni bas qilaman.

-Garri Uilyams: “Golden Boy” kompaniyasi Bek va Rayder jangini xohlamoqda. Bek Rayderni mag‘lub eta oladi, deb o‘ylayman. Biroq Rayder u uchun  shu  vaqtga qadar, duch kelgan eng qiyin raqib bo‘ladi. Rayder yaxshi jangchi, ko‘pchilik uni Smitni mag‘lub etgan, deydi. Lekin Bek bu - "juda yomon", shunchaki unga o‘z kuchini isbotlash uchun katta janglar berilmadi.

- Eldogg: “Bek Bully” Rayderni nokaut qila olgan ikkinchi bokschi bo‘ladi. Bunga ishonchim komil!

Shu kabi ko‘plab fikrlar bilan bir qatorda Bektemir Meliqo‘zievning yordamchi menejeri Alik Frolov ham bunga munosabat bildirgan:

- Roberto sen juda yaxshi bilasan, bizga kimni berishlaridan qa’ti nazar uni qabul qilamiz. Bu fikr bo‘yicha alohida e’tibor qaratamiz... Chunki, Rayder chempionni "toza" enggan. Qani ketdik #BekVSRayder keyingisi bo‘lsin.

Bektemir Meliqo‘ziev esa o‘z Tvitter sahifasida:

- Qani ketdik ????", - deya izoh qoldirdi.

Xullas, shunaqa gaplar. Meliqo‘zievni ham tez orada katta janglar kutayotganga o‘xshaydi...

Bekte_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ramzis ll
11/08/2020 09:47
Boshidagi bema'ni matohni yo'qotib o'rniga o'zimizni milliy do'ppi kiyib olsa yaxshi bo'lardi.