
Xorijlik ekspert: Shahboz Umarov hali yana kuchayadi!
“Energetik-BGU” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik legioner Shahboz Umarovning BATEga o‘tayotgani Belarus chempionati ekspertlarining ham e’tiborini jalb etmoqda.
Belarus futbolining taniqli mutaxassisi Lyudas Rumbutis o‘zbek futbolchisining o‘yini, imkoniyatlari va salohiyatiga yuqori baho berdi.
- Shahboz qanotlarni yondirishga qodir bo‘lgan tezkor futbolchi. Ijro mahorati va o‘yinni tushinishi yaxshi. Uchrashuvlarning birida qanotda ko‘rsatgan o‘yini meni qoyil qoldirgan: himoyachi qarshisida turgan Umarov to‘pni uning o‘yinidan o‘tkazib, qisqa bo‘lgan masofani tezkorlik bilan bosib o‘tdi va bu jarayonda boshini ko‘tarib, vaziyatni to‘g‘ri baholab, qulay pozitsiyada turgan futbolchini topib, unga to‘pni aniq etkazib berdi. Bundan holatda aksariyat qanot o‘yinchilari atrofga va jamoadoshlariga qaramay, to‘g‘ri oldinga yuguradi va to‘pni ko‘r-ko‘rona tepib yuboradi. Bunaqalarni lotereyachilar deymiz. Shahboz esa kimga to‘p oshirayotganini ko‘radi va yaxshi biladi. Uning ozgina yoshligi va xomligi bor, lekin salohiyati yuqori. Uning bor mahoratini kelasi mavsum ko‘ramiz, - deydi Lyudas Rumbutis.
Fikrlar