"Xorazm"ning qishki yig‘in rejasi ma’lum

  • 5 yanvar, 00:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Urganchning "Xorazm" klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlik rejasini ma’lum qildi. Aytish mumkinki, jamoa beshta bosqichdan iborat o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari dasturini ishlab chiqdi.

Tecno

Dastlabki yig‘in 18-28 dekabr kunlari Urganchda tashkillashtirilgan. Ikkinchi yig‘in esa 5-16 yanvarda Toshkentda o‘tkaziladi. U erda 3 ta o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. 8 yanvar kuni "Dinamo", 12 yanvarda "Qo‘qon-1912" va 16-sanada "Lokomotiv"ga qarshi maydonga tushishadi.

Uchinchi bosqich 19 yanvardan 1 fevralgacha yana poytaxtda davom ettiriladi. 20 yanvar kuni "Bunyodkor" bilan nazorat o‘yini belgilangan. Shu bilan birga futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga e’tibor qaratiladi. 

"Xorazm"ning oxirgi hal qiluvchi tayyorgarlik bosqichi xorijda davom ettirilishi kutilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!