“Xorazm” sport majmuasi futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor. "Andijon" jamoasi ilk mehmon bo‘ladi

  • 11 oktabr, 2022, 21:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi vakillari 6 oktyabr kuni Urganchdagi “Xorazm” sport majmuasida bo‘ldi.

Tecno

Shu yilning 14 iyun kuni O‘zPFL “Xorazm” sport majmuasidagi 8 ta holat bo‘yicha kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan xat chiqargandi. Ayni vaqtga kelib mazkur muammolarning barchasi to‘liq bartaraf etilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Xorazm” futbol klubi istalgan uy uchrashuvini mazkur arenada qabul qilishi mumkin.

"Xorazm" klubi o‘z maydonidagi navbatdagi o‘yinni 16 oktyabr kuni "Andijon"ga qarshi o‘tkazadi.

 

Manba: O‘zPFL va "Xorazm" klubi matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!