Xolandning jarohati qanchalik jiddiy? Gvardiola javob berdi
"Manchester Siti" futbolchisi Erling Xoland "Aston Villa"ga qarshi o‘yinda jarohat oldi. Norvegiyalik hujumchi shundan so‘ng zaxiraga olindi va o‘z o‘rnini Xulian Alvaresga bo‘shatib berdi. Uning jarohati haqida jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qisqacha gapirib o‘tdi.
"Unda og‘riq bor edi. Xoland o‘zini yaxshi his qilmayotgandi va men uni almashtirishga majbur bo‘ldim.
Biz tavakkal qilishni istamaymiz. Vaziyatga qaraymiz hamda tez orada yakuniy qaror qabul qilamiz", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, 16 fevraldan 17 fevralga o‘tar kechasi "Manchester Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Londonda o‘tadigan bellashuv tungi 00:30 da start oladi.



Fikrlar