Xolanddan zo‘r hujumchi chiqdi

  • 30 sentabr, 2023, 09:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transfermarkt portali joriy mavsumda kuchli beshlik chempionatlarida raqiblar darvozasiga eng ko‘p zarba berayotgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, gol urishga eng ko‘p Erling Xoland harakat qiladi. “Manchester Siti” hujumchisi joriy mavsumda oltita o‘yinda raqib darvozasi tomon 17 marta to‘p tepgan va shulardan sakkiztasi gol bo‘lgan.

Keyingi o‘rinda 14 zarba bilan “Bayer” forvardi Viktor Bonifase qayd etildi. U beshta o‘yinda oltita gol muallifi bo‘lgan.

Bundesliga kashfiyoti Seru Grassining beshta bahsda yo‘llagan 12 ta zarbasidan 10 tasi raqib darvozasi to‘ridan joy olgan.

Mutaxassislar Grassining natijasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Erling Xolandning har ikki zarbasidan biri gol bo‘layotgan bo‘lsa, Grassining deyarli hech qaysi zarbasini darvozabonlar qaytara olmayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!