
Xolanddan “Real”ga xushxabar
“Real” rahbariyati nishonida “Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland ham bor. Madridliklar kelasi yoz o‘z safiga Kilian Mbappeni qo‘shib olmoqchi va frantsiyalik futbolchi asosiy nishon hisoblanadi.
Biroq “Qirollik klubi” norvegiyalik to‘purarni ham nazardan qochirgani yo‘q. Xolandning agentlari ham Madrid superklubining qiziqishidan va “Real” hujumchi shartnomasida ko‘rsatilgan badal pulini to‘lashga tayyorligidan xabardor.
Erling Xolandning o‘zi yaqinlariga vaqti kelib, “Real”da o‘ynash orzusi borligini aytgan. Bu xabar madridlik ishqibozlarni ancha xotirjam qildi.
“Shaharliklar” esa, ko‘p gol urayotgan o‘yinchisini jamoada uzoq muddat olib qolmoqchi. Klub Xolandga uzoq muddatli shartnoma tayyorlayapti.
Fikrlar