
Xolanddan daxshatli sermahsullik
"Manchester Siti" hujumchisi Erlin Xoland Chempionlar ligasi doirasida "Sevilya"ga qarshi o‘yinda (4:0) ikkita gol urdi. 22 yoshli norvegiyalik futbolchining EChL musobaqasi doirasidagi urgan gollari soni 25 taga etdi.
UEFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Xoland Chempionlar ligasida 25 ta gol urish uchun bor-yo‘g‘i 20 ta o‘yin o‘tkazgan. Bu turnir uchun rekord ko‘rsatkichdir.
Avvalroq bu rekord Filippo Inzagi va Rud van Nistelroyga tegishli bo‘lib, ular Chempionlar ligasida 30 ta o‘yin o‘tkazib, 25 ta gol urishgan edi.
Fikrlar