
Xoland vaziyatlarni ko‘kka sovurishni qoyillatyapti
Erling Xoland vaziyatlardan foydalanish bobida muammolarga duch kelmoqda.
"Manchester Siti"ning norvegiyalik hujumchisi "Tottenxem" bilan bahsda (0:4) raqib darvozasini ishg‘ol eta olmadi.
U Premer-ligadagi so‘nggi 4 ta bellashuvda 9 ta yaqqol golli imkoniyatdan foydalana olmadi. Butun mavsum davomida faqat "Aston Villa" hujumchisi Olli Uotkinsda foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘proq - 12 uchrashuvda 12 marotaba.
Shunga qaramay, ayni damda APL turnir jadvalida Erling Xoland 12 ta gol bilan liderlik qilmoqda.
Fikrlar