
Xoland va Mbappe Ronaldu hamda Messi kabi jahon darajasidagi futbolchiga aylanadi
"Suonsi" va "Napoli"ning sobiq futbolchisi, hozirda Ismaniyaning "Burgos" klubi sport direktori bo‘lib ishlayotgan Michu Erling Xoland va Kilian Mbappening kelajagi haqida gapirdi.
“Men Erlingga "Burgos" klubi libosini berdim, u esa “Borussiya” futbolkasini menga berdi. Erling ingliz futbolida o‘z ta’sirini o‘tkazishni boshlaganidan xursandman. Xoland Mbappe bilan birga Evropa darajasidagi yulduz bo‘ladi. Ular Messi va Ronaldu kabi futbolning asosiy yulduzlariga aylanishiga ishonchim komil", - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi sobiq hujumchi.
Ma’lumot o‘rnida, "Manchester Siti"ga o‘tganidan beri Erling Xoland barcha musobaqalarda 11 ta o‘yinda 17 ta gol urdi.
Fikrlar