
Xoland uchun futbol tugadi(mi?)
“Borussiya”ning asosiy to‘purari Erling Xoland bu yil umuman maydonga tusha olmasligi haqida xabarlar tarqatilmoqda.
Bild nashrining yozishicha, hujumchining jarohati kutilganidan og‘ir bo‘lib chiqdi. Tashxisga ko‘ra, Xolandning sonidagi muskul to‘qimalari uzilib ketgan va ularning bitishi ancha vaqt oladi.
Erlingning “Ayntraxt”da o‘ynayotgan do‘sti Yan Oge Fertoft ham vaziyat bilan yaqindan tanish va u ham bu ma’lumotni tasdiqladi.
Joriy mavsumda 21 yoshli to‘purar o‘nta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 13 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga to‘rt marotaba golli pas uzatdi.
Fikrlar