
Xoland uchun 250 million evro beramiz!
The Sun nashrining xabar berishicha, “Borussiya” hujumchisi Erling Xolandni transfer qilish uchun 250 million evrodan voz kechishga tayyor klub bor.
O‘tgan yili Serxio Aguero ketganidan keyin ko‘p gol uradigan hujumchiga ehtiyoj sezayotgan “Manchester Siti” norvegiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun katta xarajatdan qochmaydi.
Bosh murabbiy Xosep Gvardiola ham klub rahbariyatidan aynan Erling Xolandni olib kelishni talab qilmoqda.
Iste’dodli hujumchini transfer qiladigan klub yozda “Borussiya”ga 75 million evro to‘lashdan tashqari, agenti Mino Rayolaga 55 million evro miqdorida komissiya ham berishi kerak. Shuningdek, futbolchining otasi ham 20 million evro atrofida bonus olishi kerak.
Xolandning maoshi kattaligini inobatga olib hisoblagandi norvegiyalik o‘yinchi uchun 250 million evrodan ortiq mablag‘ kerak bo‘ladi.
Fikrlar