
Xoland Sulsher unga qanday xabar jo‘natganini oshkor qildi
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland “shaharliklar” taklifini qabul qilganidan keyin “Manchester Yunayted”ning sobiq bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher unga qanday xabar jo‘natganini ma’lum qildi.
- Men “Siti” bilan shartnoma tuzganimdan keyin Sulsher meni tabriklab, quyidagi xabarni qoldirgan edi: “Manchesterning noto‘g‘ri tomonidagi faoliyatingda omad tilayman!”.
Biz ba’zan gaplashib turamiz. Hamma yaxshi biladiki, Sulsher “Molde”da to‘p tepgan davrimda faoliyatimga juda katta yordam bergan. U yaxshi odam, - dedi Erling Xoland.
Xoland “Borussiya”dan “Manchester Siti” safiga ko‘chib o‘tib, “shaharliklar” bilan besh yillik bitim tuzdi.
Fikrlar