Xoland "Siti"ni boshqa bir mashhur jamoaga almashtirishi mumkin

  • 24 oktabr, 2024, 18:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland "Real"ga o‘tish g‘oyasiga qiziqmoqda. O‘z navbatida Madrid grandi ham norvegiyalik forvardga bee’tibor emas. Bu haqda Ispaniyaning Mundo Deportivo internet nashri xabar bermoqda..

Tecno

Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida o‘zaro manfaatdorlik mavjud. Xolandning "Manchester Siti" bilan shartnomasida ozod qilish bandi bor. Unga ko‘ra, norvegiyalik hujumchi 150 million evro evaziga transfer qilinishi mumkin. Qayd etilishicha, Erlingning "Real"ga transferi kelasi yozda amalga oshishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Xoland "Manchester Siti"da 2022 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U bungacha "RB Zaltsburg" hamda "Borussiya" Dortmund kabi jamoalarda o‘ynagan. Avvalroq Xolandga "Barselona" ham qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!