
Xoland Ronalduning o‘rnini egallaydi
Agar “Yuventus” rahbariyatini rejasi amalga oshsa, jamoa hujum chizig‘ida Krishtianu Ronaldu o‘rnida Erling Xoland o‘ynaydi.
Turinliklar norvegiyalik hujumchini olish uchun “Borussiya” vakillariga shartnomada ko‘rsatilgan badal puli – 75 million evroni to‘lashga tayyor ekanini bildirgan. Shartnomaning bu bandi 2022 yilning yozida amalga oshiriladi. Aynan o‘sha paytda Krishtianu Ronalduning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi yakunlanadi.
Shunga qaramay, “Yuventus” Xolandni 2021 yilning yozida olishga urinadigan bo‘ldi. Chunki, iste’dodli futbolchiga “Manchester Yunayted” va “Real”dan jiddiy taklif bo‘lyapti. Turinliklar raqobatchilarni ortda qoldirishni istamoqda.
Fikrlar