Xoland rad etib bo‘lmas taklif oldi. Qaror qanday bo‘ladi?

  • 18 noyabr, 2024, 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” xo‘jayinlari jamoaning eng zo‘r to‘purari Erling Xoland bilan hamkorlikni uzaytirish uchun yangi shartnoma tuzishga harakat qilyapti.

Tecno

Norvegiyalik o‘yinchiga “Real” va “Barselona” kabi grand klublar og‘iz solmoqda. Xolandning o‘zi ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas va Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishga moyillik bildirgan.

Nufuzli manbalarda biri Mirror “shaharliklar” to‘purarni katta maosh bilan ushlab qolishga qaror qilgani haqida ma’lumot chiqardi.

Agar 24 yoshli hujumchi manchesterliklar bergan bitimni imzolasa, Angliya Premer-ligasida eng ko‘p maosh oladigan o‘yinchiga aylanadi. Ayni paytda Angliya chempionati vakillari orasida eng katta mablag‘ni Kevin de Bryuyne olmoqda. Uning haftalik maoshi 400 ming funtni tashkil qiladi.

“Manchester Siti” yangi kelishuv bo‘yicha Erlingga har hafta uchun 500 ming funt to‘lashga tayyor. Qolaversa, “shaharliklar” Xoland bu shartnomani imzolashi uchun hamkorlik muddatini ikki yil qilib belgiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!