Xoland qaysi hujumchiga havas qilishini aytdi

  • 24 avgust, 2022, 15:04
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” yulduzi Erling Xoland “Real” to‘purari Karim Benzema haqida iliq fikr bildirdi.

Tecno

- “Real”dagi Karim Benzemaga qarang. 34 yoshida ham yildan yilga o‘yinini yaxshilab bormoqda. Uning sport formasi hayratlanarli va men ham shunday bo‘lishni istayman.

Men “Manchester Siti”ga o‘sish va o‘rganish uchun qo‘shildim. Men yanada zo‘r bo‘lish imkonini qidirishdan to‘xtamayman, - dedi norvegiyalik hujumchi.

Xoland klublar miqyosida 187 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 138 marotaba ishg‘ol qilib, 37 ta golli pas uzatgan.

Karim Benzemada bu ko‘rsatkich 756 ta o‘yin, 391 ta gol va 187 ta assistni tashkil qiladi.

  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!