Xoland qanday qilib “jinnicha” gollar urayotgani sirini ochdi

  • 29 oktabr, 13:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonamizning eng zo‘r hujumchilaridan hisoblangan Erling Xoland to‘purarligi va samarador o‘yini sirini ochdi. 25 yoshli futbolchi gollar ortida mashaqqatli mehnat yotganini ma’lum qildi.

Tecno

Xoland “Manchester Siti” va Norvegiya terma jamoasi safida oxirgi 14 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 24 marotaba ishg‘ol qildi. Erling joriy mavsumning o‘zida to‘purarlik bo‘yicha bir necha rekordlarni yangiladi.

Norvegiyalik hujumchi shu darajadaga chiqish faqatgina mashg‘ulotlarga emas, bir necha boshqa omillarga ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.

- Menda tabiatan egiluvchanlik yaxshi shakllangan. Ayniqsa, son qismida shunday. Gollar urishim uchun aynan mana shu xususiyatimni saqlab qolishim talab etiladi. Yo‘qsa, qanday qilib to‘p kiritishim mumkin?

Shunaqa “jinnicha” gollarni urishim uchun menga yaxshi darajada egiluvchanlik va harakatchanlik kerak. Bu haqiqatan juda muhim.

Odamlar doim uchrashuvlar, gollar, nishonlashlarni tomosha qiladi, biroq buning ortida soatlab davom etadigan tayyorgarlik jarayonlarini his qilmaydi. Ana shu mashaqqatli mehnat hozir qilayotgan ishlarim poydevori hisoblanadi. Muxlislar mening mana shu jihatlarimni ham yoqtirishiga umid qilaman, - dedi Erling Xoland.

Ta’kidlash lozimki, Erling Xoland o‘z turmush tarzini jiddiy tarzda nazorat qiladi. Doim qat’iy dietaga amal qiladi, ovqalishda maxsus steyk va xom sut iste’mol qilishga alohida urg‘u beradi. Baquvvat hujumchi ko‘pincha o‘zi taom tayyorlashni ma’qul ko‘radi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!