Xoland o‘z "aybini" tan oldi

  • 8 sentabr, 2021, 19:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Borussiya” va Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2022 yilgi jahon chempionati saralash turniri doirasida Gibraltar terma jamoasi darvozasiga uchta to‘p kiritib, norvegiyaliklarning 5:1 hisobidagi g‘alabasini ta’kinladi.

Tecno

Shunga qaramay, Xoland o‘zi qayd etayotgan natijalardan qoniqmayotganini ham bildirdi.

- Agar o‘yinlar va kiritilgan gollar sonini taqqoslasak, men etarli darajada gol ura olmayotganim namoyon bo‘ladi. Menimcha, urgan gollarim o‘ynagan o‘yinlarim sonidan ko‘p bo‘lishi kerak. Har holda men shunga intilaman, - dedi Xoland.

Xoland Norvegiya terma jamoasi safida 15 ta bellashuvda maydonga tushib, 12 ta gol urgan. “Borussiya” tarkibida esa 64 ta bahsda o‘z hisobiga 63 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!